Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qurilishning ulushi 7,1 foizni tashkil etdi.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qurilishning ulushi 7,1 foizni tashkil etdi.

2021-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, qurilishning O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2020-yilning yanvar-iyunidagi 7,4 foizga nisbatan 7,1 foizni tashkil etdi.

So‘nggi 5 yildagi bu dinamikani hisobga oladigan bo‘lsak, qurilishning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5,8 foizdan 7,1 foizga oshgan.

Shu bilan birga, 2021-yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotidagi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 23,1 foizni (2020-yilning yanvar-iyun oylarida – 23,0 foiz) tashkil etdi.

Agar so‘nggi 5 yil ichida ushbu dinamikani hisobga oladigan bo‘lsak, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 28,4 foizdan 23,1 foizga kamaygan.

Ma'lumotni bo'lishish:

O'hshash ma'lumotlar

Color Skin
Nav
Nav
Header
Layout
Background Image
Background Pattern